URAL

URAL (1775-y. gacha Yoyiq) Jan. Ural va Kaspiyboʻyi pasttekisligidagi dare, Rossiya va Qozogʻiston hududlarida. Uz. 2428 km, havzasining mayd. 237 ming km2. Uraltov tizmasidan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Quyilish joyida 2 tarmoq — Yoyiq va Oltin (kema qatnaydigan) tarmoklariga boʻlinadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi kuyi oqimida 400 m3/sek. Noyab. da muzlab mart—apr. da muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: chapda — Or, Ilek; oʻngda — Sakmara. Baliq ovlanadi. Magnitogorsk sh. yaqinida 2 suv ombori, Irikli shaharchasida Irikli GES va suv ombori, Uralsk sh. dan (Qozogʻiston) quyiroqda Kushum kanali va suv ombori qurilgan. Uralskdan Aterovgacha kema qatnaydi. Ural boʻyida Magnitogorsk, Orsk, Orenburg (RF), Aterov va b. shaharlar joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: URAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
QOZOGʻISTON
TOSHKENT
SIRDARYO
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты