URAL-MONGOLIYA GEOSINKLINAL MINTAQASI

URAL-MONGOLIYA GEOSINKLINAL MINTAQASI — Uraldan Markaziy Osiyo orqali Tinch okean sohillarigacha choʻzilib, quruqlikdagi joylarni egallagan, Yer poʻstining tektonik qarakatdagi mintaqasi. Bu mintaqa gʻarbda Sharqiy Yevropa, shim. sharqsa Sibir, jan. da XitoyKoreya platformalari b-n chegaralangan. Jan. gʻarbda esa, Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi, sharkda Tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan birlashadi. U. M. g. m. oʻrnida togʻlarning vujudga kelishi tektogenezning bir necha epoxalari (baykal, salair, kaledon, gersin) mobaynida sodir boʻlgan. Mezozoy davriga kelib U. M. g. m. yosh platformaga aylangan. Mintaqa rivojlanishining barcha bosqichlari uchun intensiv magmatizm xosdir. Devon va kechki paleozoyning orogen davriga granitlar yirik massivining chuqurlashishi va yirik vulkanlarning yer ustiga otilib chiqishi toʻgʻri keladi. U. M. g. m. da temir, mis, oltin, qoʻrgʻoshin, rux, qalay, volfram rudalari konlari hamda platina, xrom konlari va toshkoʻmir uyumlari mavjud.


Lotin alifbosida maqola: URAL-MONGOLIYA GEOSINKLINAL MINTAQASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
OSIYO
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты