TERMOMETR

TERMOMETR (termo… — issiq va metr) — trani oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va b. ning traga bogʻlikligiga asoslangan. Termometrning suyuklikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuklikli Termometr, asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuklik, mas., simob bilan toʻldirilgan boʻladi. t-ra ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. t-ra kancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi. Mac, —35° dan Q750° gacha trani oʻlchashda simob (—80° dan 170° gacha — etil spirta, —200° dan Q20° gacha — pentan, — 20° dan Q300° gacha — kerosin) bilan toʻldirilgan Termometrlar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuklikli Termometr qoʻllaniladi.

Fan va texnikada —269° dan Q1063° gacha trani oʻlchashda gazli Termometr qoʻllaniladi. Bu T. gaz (past tralarda geliy, yuqori tralarda esa azot) bilan toʻldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat.

Bunda t-ra gazning hajmi yoki bosimi oʻzgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda —60° dan Q550° gacha trani oʻlchashda koʻpincha manometrik Termometrdan foydalaniladi. Bu T. gaz (azot), but (xlorli etil) yoki suyuklik (simob) bilan toʻldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. t-ra oʻzgarishi bilan tizimdagi bosim oʻzgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boʻylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining traga bogʻliqligiga asoslangan karshilik Termometr lari va termoelektr yurituvchi kuchning traga bogʻlikdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qoʻllaniladi. Bunday Tlar yordamida —200° dan Q500° gacha trani oʻlchash mumkin.


Lotin alifbosida maqola: TERMOMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻLCHASH TEXNIKASI
ROSSIYA
TOSHKENT
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты