URAN RUDALARI

URAN RUDALARI — tarkibidagi uran va uning birikmalari texnik jihatdan sanoatda ishlatishga yaroqli va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq konsentratsiyada boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. 100 ga yaqin uran minerallari maʼlum boʻlib, shundan 12 tasi amaliy ahamiyatga ega; ayniqsa, koʻproq sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan uran oksidlari — uraninit va uning turlari, shuningdek, silikatlar — koffinit, titanatlar — davidit va brannerit; suvli fosfatlar, arsenotlar va vanadatlar — uranli slyudkalar sanoatda katta ahamiyatga ega. Uran rudalari paydo boʻlishiga koʻra, ekzogen, endogen, metamorfogen rudalarga ajratiladi. Endogen rudalar yuqori tra va bosim taʼsirida pegmatit va gidrotermal eritmalardan ajralib chiqadi. Bunday rudalar burmalanish oblastlari va faollashgan platformalarga xos. Ekzogen rudalar yer yuzasiga yaqin joylarda va yer yuzasida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida (singenetik rudalar) yoki grunt suvlar sirkulyatsiyasi natijasida (epigenetik rudalar) hosil boʻlib, asosan, yosh platformalar bilan bogʻliq. Metamorfogen rudalar choʻkindi qatlamlar metamorfizmi jarayonida dastlab tarqalgan uranni taqsimlanishidan hosil boʻlib, qad. platformalar uchun xos. Uran rudalari oʻta kontrastli, kontrastli, kam kontrastli va kontrastli boʻlmagan rudalarga ajratiladi. Rudalarning kontrastliligi ularning radiometrik boyitilishi imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Uran rudalari yirik donador (koʻndalangiga 25 mm), oʻrta donador (3—25 mm), mayin (0,015—0,1 mm) va dispers (0,015 mm dan kam) ga ajratiladi. Uran minerallari agregatlari va donachalarining hajmiga qarab, rudalarni mexanik boyitish imkoniyati aniklanadi. Tarkibidagi aralashmalarga kura sof uran, vanadiyli uran, nikelkobaltvismutkumushli uran va b. rudalar farkdanadi. Uran rudalari tarkibidagi uranning miqdoriga qarab 5 turga boʻlinadi: uranga juda boy rudalar (uran 1% dan koʻp), boy rudalar (1— 0,5%), oʻrta rudalar (0,5—0,25%), urani kam rudalar (0,25—1%), urani juda kam rudalar (0,1% dan kam). Tarkibida 0,01 — 0,015% uran boʻlgan rudalardan ham koʻshimcha mahsulot sifatida uran ajratib olinadi. Uran rudalarining asosiy konlari AQSH (Kolorado platosi), Kanada (Ontario va Saskachevan provinsiyalari), Fransiya (Markaziy Fransiya massivi) va JAR (Vitvatersrand)da; Avstraliya va Gabonda ham uranning yirik konlari bor. Oʻzbekiston hududida uranning ahamiyatga molik zaxiralari mavjud. Markaziy Qizilqumda uran konlarining 24 tasi aniqlangan, ulardan 11 tasi yirik (Uchquduq, Sugrali, Sobirsoy, Ketmonchi, Bukinoy, Jan. Bukinoy, Shim. Konimex, Lavlakon, Beshqoq, Alendi) kon xisoblanadi. Bulardan tashqari, ChatqolQurama togʻlarida va Fargʻona botigʻida ham Uran rudalari topilgan.


Lotin alifbosida maqola: URAN RUDALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
TOSHKENT
ROSSIYA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты