URAN SLYUDKALARI

URAN SLYUDKALARI — fosfat, arsenat, vanadat sinfining uranli minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi (AUO2)2(XO4)2 pN2O. Bu guruxda 40 ga yaqin mineral boʻlib, eng asosiylari — torbernit va otenit. Asosan, geksagonal singoniyada kristallanadi. Uran slyudkalari sariq, yashil yaproqsimon, baʼzan pushti rangda boʻlib, sadafdek yaltiraydi. Kattikligi 2—2,5; zichligi 3,0—6,8 g/sm3. Radioaktivli, kislotada oson eriydi. Barcha Uran slyudkalari gipergen mineral boʻlib, uransulfid konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. Uran rudalarining tarkibiy qismi, ularni topishda darakchi hisoblanadi. Konlari: SentSimforyen, LaTorsh (Fransiya), Yaximov (Chexiya) va b.


Lotin alifbosida maqola: URAN SLYUDKALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
MINERAL
ChEXIYA
YER
RADIOAKTIV MINERALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты