URANINIT

URANINIT — uranning suvsiz oksidi, uranatlar guruhiga mansub mineral. Ideal formulasi UO2. Tarkibi oʻzgaruvchan (U4+ dan U6f gacha oksidlanadi); aralashmalari Th, Tr, Pb, Fe, Zr dan iborat. Kub singoniyada kristallanadi. Oktaedrik kristallar va zich massalar holida boʻladi. Moʻrt. Kattikligi 5—6, zichligi 8—10 g/sm3. Rangi qora, yarim metall yoki smolasimon yaltiraydi. Kuchli radioaktiv, bir oz elektromagnitli. Sof Uraninitning nasturan va uran qurumi kabi turlari maʼlum. Sof Uraninit yuqori trali mineral boʻlib, aniq kristallar shaklida boʻladi. Uraninitning strukturasi flyuoritnikiga uxshash. Pegmatitlar, shuningdek, gidrotermal, skarn va choʻkindi jinslar ichida uchraydi. Ishqorli magmatik tog jinslarida, past trali gidrotermal va choʻkindi konlarda hosil boʻladi. Uran qurumi gʻovak tuproqsimon agregatlardan iborat boʻlib, gidrotermal sulfiduran konlari va choʻkindi konlar uchun xosdir. Barcha Uraninitda uran va toriyning radiogen parchalanishidan paydo boʻlgan hosilalar (K, As, Ro, Ne, R), shuningdek, Sa va Zn boʻladi. Uraninit oksidlanish zonasida tez oʻzgaradi. Uraninitning strukturasi boʻyicha turlari: kristalli Uraninit — briggit (tarkibida 6—15% TYU,), kleveit (3 — 16% TR2O3 va 3 — 8% ThO2), kallomorfli nasturan va b. U. ning barcha turlari uran rudalarining asosi hisoblanadi. Yirik konlari Kanada, AKSH, Afrika, Avstraliya, Fransiyada mavjud.


Lotin alifbosida maqola: URANINIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
URAN
RADIOAKTIV MINERALLAR
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты