TERMOS

TERMOS (yun. thermos — issiq, qaynok) — ichiga solingan mahsulot trasini birday saklaydigan qoʻsh devorli idish. Roʻzgʻor va umumiy ovqatlanish T. lari boʻladi. Roʻzgʻor Termosi — metall yoki plastmassa qobiq ichiga joylashtirilgan shisha idish. Tor va keng boʻgʻizli qilib ishlab chiqariladi; tiqin va burama qopqoq bilan berkitiladi. Sigʻimi 0,25 — 3 l. Umumiy ovqatlanish T. ida oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi va tashiladi (sigʻimi 30 l gacha). Issiq somsa, muzqaymoq va b. shu kabi mahsulotlar chakana savdosida qajmi 10 l gacha boʻlgan termolotoklardan foydalaniladi. Bunday Termos alyuminiydan tayyorlanib, devorlari orasi buklama qogʻoz, zar qogʻoz va b. materiallar bilan toʻldiriladi. Ogʻzi qoʻsh devorli qopqoq bilan berkitiladi.


Lotin alifbosida maqola: TERMOS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
TOSHKENT
OVQATLANISH
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты