URARTU

URARTU (ossuriycha atalishi; urartcha — Biaynili, Bibliyada — «Ararat podsholigi») — Gʻarbiy Osiyodagi qad. davlat. (mil. av. 9 — 6-a. lar). Ravnaq topgan davrida Armaniston togʻlik r-ni (hoz. Armanistonning butun hududi, Turkiya va Eronning bir qismi)ni qamragan. Aholisi — urartlar. Poytaxti — Tushpa sh. (hoz. Turkiyadagi Van sh.) boʻlib, unda podsho Sarduri I davrida katta qurilish ishlari olib borilgan. Mil. av. 9-a. oxiri —8-a. ning 1yarmida Urartu davlati ravnaq topgan. Menua, Argishti I va Sarduri II podsholiklari davrida Urartu hududi ancha kengaygan. Bosib olingan viloyatlarda qalʼalar qurilgan (Ararat togʻining shim. yon bagʻrida Menuaxinili sh. ; Erebuni — Yerevan atrofidagi Arinberd tepaligi; Araksning soʻl qirgʻogʻida Argishtixinili). U. da qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. av. 8-a. oʻrtasida Ossuriya podshosi Tiglatpalasar III (mil. av. 745—727) Urartu koʻshinlarini bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan va Urartu tarkibiga kiruvchi Shim. Mesopotamiya va Shim. Suriyani egallagan. Soʻngra Rusa I davrida Sargon II boshliq Ossuriya qoʻshinining yurishlari natijasida mamlakat xonavayron boʻlgan. Biroq 7-a. da U. Jan. Zakavkazyeda hali ham oʻz mavqeini saklab qolgan edi. Rusa II (mil. av. 685—645) bu yerda yangi qalʼalar bunyod etgan (jumladan, Teyshebaini va b.). Skifkimmeriy yollanma qoʻshini yordamida Urartu podsholari Frigiya podsholigini tormor qilganlar (mil. av. 676-y.). Midiya podsholigining kuchayishi Urartuni Ossuriya bilan yaqinlashtirgan. Biroq mil. av. 6-a. boshida U. Midiya tomonidan tormor etilgan va uning tarkibiga qoʻshib yuborilgan.


Lotin alifbosida maqola: URARTU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARMANISTON
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты