URGANJIYLAR

URGANJIYLAR — etnografik guruh. Urganjiylar asli xorazmlik boʻlgan, faqat Urganchda emas, balki Xorazmning turli xil shahar va qishloklarida istiqomat qilib kelganlar. Bu guruhning shakllanishi Chingizxon bosqini bilan bogʻliq. 1221-y. moʻgʻul qoʻshinlari Xorazmga hujum qilib yuz minglab odamlarni oʻldiradi. lily vaqtda xorazmliklarning bir qismi qirgʻindan qochib Movarounnaqr va Xuroson viloyatlariga koʻchib ketishgan. Koʻchib oʻtganlar oʻzlarini umumiy nom — U. deb atashgan. Ular bu yerlarda urganjiy qishloq va shaharlarda urganjiy mahallalariga asos soldilar. 18 — 19-a. larning 1yarmida iqtisodiy inqiroz va vabo tarqalishi tufayli Xorazmdan aholining bir qismi yana koʻchgan. Urganjiylarning eng katta guruhi Xorazmga qoʻshni boʻlgan Buxoro viloyatiga koʻchib oʻtishgan. 1924-y. maʼlumotlariga qaraganda Buxoro viloyatida jami 26 ming U. yashagan. 20-a. ga kelib Urganjiylarning kichik guruhlari Samarqand, Navoiy, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari va Shim. Afgʻonistonda yashaganlar. Urganjiylar, asosan, oʻtroq dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shutullangan. Urganjiylarning bir qismi eski anʼanalarini saklagan boʻlsa, asosiy qismi mahalliy aholi urfodatlarini qabul qilishgan.


Lotin alifbosida maqola: URGANJIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
ALISHER NAVOIY
NAMANGAN VILOYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты