URGUT TUMANI — Samarkand viloyayashdagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Viloyatning jan. sharqiy qismida joylashgan. Shim. sharqda Zarafshon daryosi orqali Bulungʻur tumani, shim. da Toyloq, shim. gʻarbda va gʻarbda Samarkand tumanlari, sharkda Tojikiston Respublikasi, jan. da Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 1120,3 km2. Aholisi 335,2 ming kishi (2002). Tumanda bitta shahar (Urgut), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Baxrin, Beshbuloq, Jartepa, Ilonli, Ispanza, Mirzaqishloq, Pochvon, Uramas, Yangiariq, Qoratepa, Gʻus, Hamza) bor. Markazi — Urgut sh.
Tabiati. Tuman hududi Zarafshon togʻ tizmalarining davomi boʻlgan Chaqilikalon va Qoratepa togʻlarining yon bagʻirlarida, oʻrtacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, jan. va gʻarbiy qismlari pastbaland tekislik boʻlib, bir kancha soyliklar bor. Togʻ yon bagʻirlari slanes va ohaktosh qoyalaridan iborat, dare vodiylari tor, chuqur, qirgʻoqlari tik. Adirlar gʻovak va boʻsh choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Adirlardagi soylarning vodiylari keng. Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda torlar (Kiyev tri va b.) bor. Chaqilikalon va Krratepa togʻlari orasidagi Taxtaqoracha dovoni (1675 m) orqali Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi. Urgut kuchli seysmik xududlardan biri boʻlib, 7 balli zonaga kiradi. Omonqoʻton yaqinida va Chaqilikalonda marmar, ohaktosh, marganes, mis, volfram va b. foydali qazilmalar bor. Ikdimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1,5°, eng past tra —25°, iyulning oʻrtacha t-rasi 24,4°, eng yuqori tra 49°. Yillik yogin 459—500 mm. Yogʻinning kup qismi qishda (34%) va bahorda (48%) tushadi. Oqqoʻrgʻon, Gʻijduvonsoy, Gʻussoy, Urgutsoy, Kamongaronsoy, Qoratepasoy, shuningdek, Dargʻom, Yangiariq, Yangi Urgut, Yangi Qozonariq va b. kanallar bor. Tuproklari, asosan, boʻz tuproq. Qum, shagʻal, qoʻngʻir, kashtan tuproqlar ham uchraydi. Tabiiy oʻsimliklardan qayragʻoch, tol, qaragʻay, togʻ zarangi, pista, archa, achchiq bodom, bodom, doʻlana, naʼmatak, rovoch, togʻ piyozi, zira va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, qobon, quyon, tulki, jayra, tipratikan, har xil ilonlar, echkemar; qushlardan kaklik, mayna, chumchuq, qargʻa, jiblajibon, olashaqshaq, bedana, kaptar, musicha, qaldirgʻoch, bulbul, qizilishton, soʻfitoʻrgʻay, boyoʻgʻli, sassiqpopishak, tog zogʻchasi, bolgʻatumshuq, qorayaloq, qargʻalar va b. bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, yahudiy, ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. Aqolining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 300» kishi (2002).
Xoʻjaligi ning yetakchi tarmoqlarini q. x. mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish va mahalliy sanoat tarmoqlari tashkil etadi.
Tumandagi 800 dan ziyod korxonaning 52 tasi oʻrta, 261 tasi kichik, 506 tasi mikrofirmalar. Marmarni qayta ishlash, gʻisht, shlakbeton plitalar i. ch., tamaki fermentatsiyasi, meva, goʻsht, sutni qayta ishlash, non pishirish, qandolatchilik, har xil yaxna ichimliklar i. ch. korxonalari bor. Avtomobil, muzlatkich, televizor va radioapparaturalarni taʼmirlash korxonalari ishlab turibdi. Urgut tumanida hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Hunarmandchilik bilan 3500 dan ziyod kishi shugullanadi.
Urgut tumanida Belgiya bilan hamkorlikdagi «UrgGazkarpet» qoʻshma korxonasi, Oʻzbekiston — Turkiya «UrgANTET YASHAM», «Urgut qoplon», «Urgut SaMNegin» gilam i. ch. ga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Marmar toshni qayta ishlaydigan «Urgut LADO marmar», qurilish buyumlari ishlab chiqaradigan «Samplastik», tamakini qayta ishlaydigan «UzVAT» qoʻshma korxonalari ishlab turibdi.
Tuman q. x. tamaki, gʻalla, sabzavot, kartoshka, meva, uzum hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillarda tuman uchun Pastdargʻom tumanida ajratilgan yerda paxta xam ekilmokda. Tumandagi asosiy texnika ekini — tamaki. Urgut tumani yer fondi 112 ming ga ni tashkil etadi. 9 ming ga yerga tamaki, 14,8 ming ga yerga don ekinlari, 1,2 ming ga yerga kartoshka, 145 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 2907 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. 1,4 ming ga yer bog va tokzor bilan band, 46,8 ming ga yer yaylov.
Tuman chorvachiligida qoramolchilik, parrandachilik, pillachilik yetakchi oʻrinda. Yetishtiriladigan q. x. mahsulotlarning asosiy qismi fermer va shirkat xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi. Urgut tumanida 381 fermer, 23 shirkat xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, parranda, yilqi boqiladi.
2003/2004 oʻquv yilida 127 umumiy taʼlim maktabi (102,3 ming oʻquvchi), 2 maxsus sogʻlomlashtirish internati (4,9 ming oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. 70 kutubxona, madaniyat uylari, 21 sport maydoni ishlab turibdi. 8 kasalxona (830 oʻrin), 36 qishloq davolash boʻlimi, 27 feldsherakusherlik punkti va b. tibbiy muassasalarda 488 vrach ishlamoqda. 14 dam olish maskani va yozgi oromgoxlarda viloyat va qoʻshni Navoiy viloyatidan kelgan bolalar dam oladilar.
1992-y. dan «Chinor» tuman televideniyesi eshittirishlar olib boradi. 1956-y. dan «Urgut sadosi» tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 3000).