URETRIT

URETRIT — siydik chiqarish kanali (uretra)ning yalliglanishi. Patogen mikroorganizmlar (trixomonadalar, achitqisimon zamburugʻlar, viruslar va b.), shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, allergiya, shikastlanishlar sabab boʻladi.

Klinik kechishiga koʻra, oʻtkir va surunkali, qoʻzgʻatuvchisining turiga qarab soʻzakli, trixomonadali, nospetsifik Uretritlar farq qilinadi. Aksari erkaklarda uchraydi. Siyganda achishish, ogʻriq paydo boʻladi; uretradan yiringli chiqindi keladi. Uretrit, odatda, jinsiy aloqa qilganda gonokokkdan zararlanish natijasida yuqadi (q. Soʻzak). Uretraga bakteriyalar (mas, ichak tayoqchasi, streptokokk, pnevmokokk) tushishi, shaxeiy gigiyena kridalarining buzilishi yoki angina, surunkali tonzillit, ogʻiz boʻshligʻi va b. aʼzolardagi yalligʻlanishlardan qon va limfa tomirlari orqali uretraga mikrob utishi ham Uretritga sabab boʻladi. Uretritga xos belgilar yuzaga kelishi bilan darhol vrachga uchrashish lozim, aks holda yalligʻlanish uretraning orqa qismi va qovuqqa tarqalib moyak ortigʻi (q. Epididimit), prostata bezi (q. Prostatit), urugʻ pufakchasi (q. Jinsiy aʼzolar)nk ham yalligʻlantiradi, pirovardida bemor bepusht boʻlib qolishi ham mumkin.

Uretritning oldini olish uchun shaxsiy va jinsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, organizmdagi turli yalligʻlanishlar hamda umumiy infeksion kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish muhim.


Lotin alifbosida maqola: URETRIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
SOʻZAK
VIRUSLAR
OVQATDAN BOʻLADIGAN TOKSIKO-INFEKSIYALAR VA INTOKSIKATSIYALAR
JINSIY HAYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты