TESEY

TESEY (Tezey) — Afinaning afsonaviy qahramoni va shoxi (mil. av. taxm. 13-a.). Antik davr rivoyatlari bir qator afsonaviy jasoratlarni Tesey nomi bilan bogʻlaydi (amazonkalar bilan boʻlgan urushda va argonavtlar safarida ishtirok etgan, qaroqchi Prokrust, Marafon buqasi, Kalidon toʻngʻizi va b. ustidan gʻalaba qozongan); bir qator tarixiy voqealar, xususan, Afinani Krit gegemonligidan xalos etilishi, sinoykizm (Attikani birlashtirilishi), Panafiney va Sinoykiy bayramlari, Istm oʻyinlari, Afina grajdanlarini ilk bor ijtimoiy tabakaga — yevpatriylar, geomorlar va demiurglarga ajratilishi Tesey nomi bilan bogʻliq. Tesey sharafiga Afinada har oyda Tesey bayrami nishonlangan. Teseyon ibodatxonasi (mil. av. 5-a.) qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: TESEY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
AFINA
TARIXIY JANR
RIM
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты