UROLOGIYA

UROLOGIYA (uro… va… logiya) — klinik tibbiyot sohasi; siydik aʼzolari sistemasi, jinsiy aʼzolar kasalliklarini, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganadi, shuningdek, bu kasalliklar diagnostikasi, davosi hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi.

Urologiya 20-a. da xirurgiyad&n mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Urologik kasalliklar kadimdan maʼlum. Abu Ali ibn Sino qovukdagi toshlarni tushirish sirasrorlarini bilgan. Lekin ilmiy Urologiya 19-a. da shakllandi. 1869-y. da G. Simon (Angliya) birinchi marta siydik nayini kateterlash, kasallangan buyrakni operatsiya yoʻli bilan olib tashlashga muvaffaqboʻldi. Fransiyalik F. J. Gyuyon, L. Mersye, J. Albarran; angliyalik G. Tompson, P. Freyer; avstriyalik L. Dittel Urologiyaning rivojiga munosib hissa koʻshdilar. Urologiyaning rivoji, asosan, sistoskopiya va rentgen nurlari orqali tekshirish usullarining kashf etilishi bilan bogʻliq. 20-a. da diagnostika va davolashning yangi usullari — xromotsistoskopiya (F. Felker va E. Iozef, Germaniya, 1903), retrograd piyelografiya (A. Lixtenberg va F. Felker, Germaniya, 1906), ekskretor urografiya (M. Svik, A. Lixtenberg, Germaniya. 1929) va b. ishlab chikildi. Buyrak yetishmovchiligida gollandiyalik olim V. Kolf klinikada birinchi marta sunʼiy buyrak ishlatdi (1944).

Oʻzbekistonda Urologiyaning rivoji 1924-y. da Oʻrta Osiyo un-tining tibbiyot ftida urologiya kafedrasi hamda 25 oʻrinli urologiya klinikasi tashkil etilishi b-n bogʻliq. 60—70-y. larda radiologik, angiografik, urodinamik, kompyuter tomografik tekshiruvlarning amaliyotga kirib kelishi bilan Urologiyada jarroxlik usullari takomillashdi; TUR, perkutan operatsiyalar, buyrak toshlarini masofadan parchalash yoʻlga qoʻyildi. Hoz. kunda laparoskopik operatsiyalar (q. Laparoskopiya) keng qoʻllanmoqda. Bunda O. M. Muxtorov, I. P. Pogorelko, T. N. Pozdnyakova, D. L. Arustamov va b. ning hissasi katta boʻldi.

Toshkentdagi Urologiya klinikasi asosida 1990-y. Respublika urologiya ilmiy markazi tashkil etildi, 2002-y. da u Respublika ixtisoslashgan urologiya markaziga aylantirildi. 1932-y. dan Tashkent Vrachlar malakasini oshirish institutida urologiya kafedrasi va klinikasi faoliyat koʻrsatmoqsa. 1997-y. klinika qoshida Toshkent sh. urologiya markazi tashkil etildi, unda OʻzR viloyat hamda tuman shifoxonalarida Urologiya boʻlimlarini ochish, ularni malakali kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlash ishlari amalga oshiriladi.

Respublika klinikalarida urologik kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda ultratovushli skenirlash, ularning endoskopik va rentgenologik apparatlar, tashqi toʻlqin yordamida buyrak va siydik yoʻli toshlarini maydalash dastgoxlari b-n jihozlanishi Urologiya sohasining jahon talablari darajasiga koʻtarilishiga imkon berdi. Yirik kasalxonalar tarkibida nefrologiya boʻlimlari va markazlarining tashkil etilishi tufayli oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan bogʻliqtadqiqotlar rivojlandi. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligida «sunʼiy buyrak» apparati yordamida qonni tozalash (gemodializ) usuli ishlab chiqildi.

Soʻnggi yillarda Respublikamizda shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda viloyat markaziy shifoxonalari qoshida Urologiya boʻlimlarining ochilishi Oʻzbekistonda Urologiyaning rivojlanishida muhim bosqich boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: UROLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TIBBIYOT
KIMYO
RENTGEN NURLARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты