URON KISLOTALAR

URON KISLOTALAR — aldozalarning hosilalari. Umumiy formulasi SNO (SNON)I SOON. Aldozalardan birlamchi gidroksil guruhi (—SN2ON) oʻrniga karboksil guruhi (—SOON) borligi bilan farq qiladi. Kristall yoki amorf moddalar; uchmaydi, suvda va qutbli erituvchilarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, aldozalarga ham, oksikislotalarga ham oʻxshaydi. Tabiatda 6 uglerod atomli xrlida uchraydi (geksuron kislota). Ularning nomi tegishli geksozaga qarab belgilanadi (mas, glkjuron kislota glyukoza nomidan). Uron kislotalar hayvon va oʻsimliklarning biologik muhim biopolimerlari tarkibiga kiradi. D glyukuron kislota hayvon organizmida zaharli moddalarni yoʻqotishda qatnashadi va askorbin kislota biosintezida boshlangʻich mahsulot hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: URON KISLOTALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KSILIT, SN2ON (SNON)z SN2ON
UGLEROD
SPIRTLAR
VITAMINLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты