TETEREV

TETEREV — Ukrainaning Jitomir va Kiyev viloyatlaridagi daryo. Dneprning oʻng irmogʻi. Uz. 365 km. Havzasining mayd. 15100 km2. Dnepr boʻyi qirlaridan boshlanadi va Polesye boʻylab oqib, Kiyev suv omboriga quyiladi. Asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 136 km da 18,4 m3/sek. Dek. da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Quyi qismida kema qatnaydi va yogʻoch oqiziladi. Teterev boʻyida Jitomir, Korostishev, Radomishl sh. lari joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TETEREV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
SIRDARYO
DARYO
AMUDARYO
ZARAFSHON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты