URUGʻDON

URUGʻDON — odam va hayvonlar erkagida urugʻ hujayralar — spermatozoidlar shakllanadigan jinsiy bezlar. U. juft, baʼzan toq boʻladi. Boʻshliqichlilar, gʻovaktanlilar va b. sodda tuzilgan koʻp hujayralilar Urugʻdoni jinsiy hujayralar yigʻindisidan iborat boʻlib, urugʻ hujayralari tana devorini yorib (ssifoid meduzalar, korall poliplar) yoki tana boʻshligʻidan ogʻiz teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Yassi chuvalchanglar U. i mayda pufakchalar shaklida. Boʻgʻimoyoklilar Urugʻdoni juft boʻlib, shakli va tuzilishi har xil. Bosh skeletsizlar Urugʻdoni 25 juftga yaqin, alohida chiqarish yoʻli boʻlmaydi. Koʻpchilik umurtqalilarda Urugʻdon qorin boʻshligʻida simmetrik joylashgan.

Koʻpchilik sut emizuvchilarda (bir teshiklilar, hasharotxoʻrlar, chalatishlilar, xartumlilar, damanlar, sirenalar, kurakoyoklilar, kitsimonlardan tashqari) U. moyak xaltasida oʻrnashgan. Baʼzi sut emizuvchilar (mas, koʻpchilik kemiruvchilar)da Urugʻdon moyak xaltasiga faqat urchish davrida tushadi, keyin yana qorin boʻshligʻiga koʻtariladi. Odam urugʻdoni ellipssimon shaklga ega (yana q. Moyak, Jinsiy aʼzolar).


Lotin alifbosida maqola: URUGʻDON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BOʻSHLIQICHLILAR
JINSIY AʼZOLAR
ODAM
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты