TETUAN

TETUAN — Marokashning shim. qismidagi shahar. Martil daryosi boʻyida. Tetuan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 364 ming kishi (1990-y. dar oʻrtalari). Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda gilam, ipak matolar toʻqiladi, koʻnteri va metall buyumlar tayyorlanadi. Marokash sanʼati va arxeologiya muzeylari bor. Shaharga 9-a. da asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar devori, qalʼakasaba (14—18a. lar), Katta masjid, saroy (17-a.) saklangan. 1912—56 y. larda Ispaniyaning Shim. Marokash zonasining maʼmuriy markazi.


Lotin alifbosida maqola: TETUAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MAROKASH
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты