TEXAS ILDIZ CHIRISHI

TEXAS ILDIZ CHIRISHI, ozonioz — oʻsimlik kasalligi, tuproq zamburugʻi Ozonium omnivorum Shear. [Phymatotichum omnivorum (Shear). Dugg. ] dan paydo boʻladi. Bu kasallik tashqi karantin obyekti. Madaniy oʻsimliklarning 2000 ga yaqin turi, jumladan, gʻoʻzada ham uchraydi. Shonalash davrida oʻsimlikning ildiz sistemasi va poyasining tuproqdan 2—3 sm yuqori qismi kasallanadi. Oʻsimlikning soʻlishi uchidan boshlanadi va pastdagi barglarga tez oʻtadi, barglar qorayib, moʻrt boʻlib qoladi, ildizi qizgʻishsariq dogʻlar bilan qoplanadi, poʻstlogʻi yogʻochdan oson koʻchadi, chunki zamburugʻ oʻsimlik toʻqimasi (kambiy)ga va tomirlariga kiradi. Zamburugʻ ildiz sirtida konidiya va sklerotsiy hosil qilib rivojlanadi; issiq nam sharoitda qurib qolgan oʻsimlik tupi atrofidagi tuproq yuzasida mayda oq tolasimon gʻubor koʻrinishida konidiyabandlar rivojlanadi. Ularda tezda Texas tabiati manzarasi. spora konidiyalar hosil boʻladi. Zamburugʻ zararlangan urugʻlik va mitseyliy yoki sklerotsiy kurinishda oʻsimlik ildiziga yopishgan tuproq bilan birga tarqaladi. Sklerotsiylar tuprokda kamida 12 y. gacha yashovchanligini saklaydi.

Kurash choralari: karantin, chetdan keltirilgan urugʻlikni fitopatologik tekshirish.


Lotin alifbosida maqola: TEXAS ILDIZ CHIRISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
KARANTIN
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты