URXUN-YENISEY YOZUVI

URXUN-YENISEY YOZUVI, qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va b. ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-a. (baʼzi manbalarda 8—10-a.) larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-yenisey yozuvi haqida dastlab 18-a. ning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg xamda nemis olimi D. G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J. P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N. M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N. M. Yadrinsev va 1891-y. V. V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-y. 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-yenisey yozuvi matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-y. noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-a.) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.

Urxun-yenisey yozuvining kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va paxlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-yenisey yozuvining paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi.

Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, birbiriga ulanmay, yakkayakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-yenisey yozuvida tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u «ayirgʻich» deb nomlangan. Urxun-yenisey yozuvining LenaBaykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniklan. UrxunEnisey yozuvidan namunalar. gan. U. ye. yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V. V. Radlov, P. M. Melioranskiy, A. A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L. N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akad. Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, prof. N. Rahmonovlar ham Urxun-yenisey yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hoz. kunda ham davom etmokda. Urxun-yenisey yozuviga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hoz. uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va b. turkiy tillarda uchraydi. Urxun-yenisey yozuvi turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.

Ad.: Malov S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., — L., 1951; Malov S. Ye., Yeniseyskaya pismennost tyurkov, M., — L., 1952,Aydarov G., Yazыk orxonskogo pamyatnika BilgeKagana, Almaata, 1966; Klyashtornыy S. G., Drevnetyurkskiye runicheskiye pamyatniki kak istochnik po istorii Sredney Azii, M., 1964; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.


Lotin alifbosida maqola: URXUN-YENISEY YOZUVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA
YOZUV
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты