USMONLI TURK IMPERIYASI

USMONLI TURK IMPERIYASI, Usmonlilar davlati [Yevropada Ottoman imperiyasi deb atalgan] — Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shim. Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat (1299 — 1922). Usmonli turk imperiyasiga Usmon I asos solgan.

Bu davlat dastlab Kichik Osiyoning shim. gʻarbiy qismi Eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarnint Koʻniya sultonligiga tobe kichik bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Bu beklikning ilk hukmdori Ertoʻgʻrul boʻlsa qam uning oʻgʻli — Usmonbey davrida beklik mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmonli bekligi deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli turk imperiyasi nomini olib, oʻrta asrlarda jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmon I va uning oʻgʻli Urxon bek (bey) unvonini qabul qilgan boʻlsa, Urxonning oʻgʻli Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb atalgan.

Usmon Gʻoziy davridayoq qoʻshni Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlar qilinib, Qoracha Hisor va Yor Hisor qalʼalari, Bursaning atroflari egallangan.

Uning oʻgʻli Urxon Gʻoziy Vizantiyaning Bursa, Nikeya, Nikomediya shaharlarini istilo qilib, 14-a. ning oʻrtalaridayoq Qora dengiz va Marmar dengizi sohillariga chiqqan. Bu davrda usmonli turklar (ular oʻgʻuz turklarining qay urugʻiga mansub boʻlgan) Dardanell boʻgʻozidan oʻtib, Yevropa hududiga kirishgan. 1356-y. da Bolqonni zabt etish tugallanib, Yevropa hududida yangi Rum eli (Rumeliya) viloyati taʼsis etilgan. Aynan shu paytdan Usmonlilar davlatini saltanatga aylanish jarayoni boshlangan. 1360-y. yanichar (turkcha: yangi cherik) — maxsus piyoda qoʻshin tashkil qilingan.

Davlatning dastlabki poytaxti Melangiya, 1326—62 y. larda Bursa boʻlgan. Sulton Murod I, 1362-y. da poytaxtni Bursadan Edirna (Adrianopol)ga koʻchirgan. Uning hukmronlik davrida Yevropada yangi hududlar zabt etilgan. Kosovo maydonida boʻlgan jang (1389) da serblar maglubiyatga uchragach, Serbiya U. t. i. ga qoʻshib olindi. Sulton Boyazid I Yildirim Bolgariyaning poytaxti Tirnovo (1393)ni egallab, Nikopol ostonalarida salibchi ritsarlarning birlashgan 60.000 kishilik qoʻshinini maglubiyatga uchratdi (1396) va Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni qamal qilishga kirishdi. U Bolgariya, Valaxiya, Makedoniya, Fessaliyani oʻz davlati tarkibiga kiritdi. Biroq, 1402-y. da boʻlgan Anqara jangit Amir Temur qoʻshinidan Usmonli turk imperiyasining maglubiyatga uchrashi Vizantiya imperiyasini mukarrar halokatdan saqlab qoldi. Sulton Mehmed I va Murod II hukmronliklari davrida qoʻldan ketgan hududlar qaytarib olingan. Adolatli va insofli hukmdor sifatida nom chiqargan Murod II Gʻoziy 1422-y. Konstantinopolga hujum qiladi. Varna yaqini (1444-y. 10 noyab.) va Kosovo maydoni (1448-y. 17 — 19 dek.)da chexvengerlar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratib, 1449—50 y. larda Albaniya ustiga 2-marta yurish qilgan.

Murod II ning oʻgʻli Mehmed II Fotih turk qoʻshinlariga shaxsan oʻzi qoʻmondonlik qilib, jahongirlik siyosatini olib borgan. U Sharqiy Rim imperiyasi — Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni 40 kunlik qamaldan soʻng egallab (1453-y. 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatgan. Konstantinopol turkcha Istanbul nomi bilan atalib, poytaxt bu yerga kuchirilgan. Bu gʻalabadan sung Mehmed II Fotih Bolqon va Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Serbiya (1459), Moraviya (1460), Bosniya (1463), Valaxiya (1476), Albaniya (1479) Trapezund — Trabzon (1461) egallangan. Qrim xonligi tobe davlatga aylantirilgan (1475). Oq qoʻyunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi harbiy harakatlar kuchaytirilgan. Yevropaning Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlari hududlarini egallash rejasi tuzilib, amaliy harakatga oʻtilgan. Bu davrda harbiy va maʼmuriy boshqaruv sohasida katta islohotlar oʻtkazilib, ulkan saltanatni mustahkamlash choralari koʻrilgan. Ayniqsa, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik gullabyashnagan.

Sulton Boyazid II, Salim I va Sulaymon 1 Qonuniy hukmronlik qilgan davrlarda saltanat haddan tashqari kuchaygan. Xususan, Salim I Yovuz Eron safaviylari shohi Ismoil I qoʻshinini yanchib tashlaydi (1514-y. 23 avg.). Iroq, Shom (Suriya), Falastin, Misrni egallab, Qohiraga kiradi (1517). Bu paytda Misrdan tashqari Shim. Afrikaning Jazoir hududi, shuningdek, Bolqon, Arabiston, Jan. Sharqiy Anadolu ham Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirgan. Halabda boʻlgan juma namozi (1516-y. 28 avg.)da sulton Salim I ga «ikki muqaddas shahar xizmatchisi» faxriy unvoni berilib, xalifa sifatida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan (Usmonli sultonlar shu kundan eʼtiboran to 1924-y. gacha ayni paytda islom olamining xalifasi ham hisoblangan). Sulton Sulaymon I ham jahongirlik siyosatini davom ettirgan. Vengriya bosib olingach, turklar Venani 1marta qamal qilishgan (1529). Polsha va Ukrainaga qoʻshin joʻnatilib, Egey dengizidagi Rodos va b. orollar ishgʻol qilingan. Sulaymon I Qonuniy «Muqaddas Rim imperiyasi»ga qarshi kurashish uchun Fransiya qiroli Fransisk I bilan birinchi fransuzturk siyosiy shartnomasi va savdo bitimini imzolagan (1535). 1556-y. ga kelib Usmonli turk imperiyasiga Kichik Osiyo hududi, Gʻarbiy Gruziya, Gʻarbiy Armaniston, Livan, Suriya, Iroq (Bagʻdod bilan birga), Falastin, Hijoz, Yaman, Misr, Tripoli, Jazoir, Yunoniston, Bolgariya, Vengriya, Serbiya, Bosniya, Valaxiya, Transilvaniya, Moldaviya, Qrim kirgan. Bu paytda u jahondagi eng qudratli saltanatlardan biri hisoblangan. Saltanatning ulkan hududi 3 qitʼa: Yevropa, Osiyo, Afrikaning katta kismini egallagan boʻlib, uning mayd. 8 mln. km2ga yetgan. 16-a. da turklarning kuchli dengiz floti butun Urta dengiz havzasini nazorat qilib turgan.

Sulton Murod III xukmronligi davrida Kipr o. boʻysundirilgan. Bu paytda Gibraltar boʻgozidan Fors qoʻltigʻigacha, Dunaydan Nil sohillarigacha boʻlgan hudud sultonlikka qaragan.

Biroq 17-a. oxiridan boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshlagan. Yevropa mamlakatlari oʻzaro ittifoq tuzib, Usmonli turk imperiyasiga qarshi kurashga chogʻlanganlar. Vena atrofida boʻlgan 2jangda turk qoʻshini Avstriya, Germaniya, Polshaning birlashgan armiyasidan yengilgan (1683). Muntazam davom etib turgan RossiyaTurkiya urushlari (167681, 168499, 171011, 176874, 178791, 180712, 182829, 185356, 187778, 191416 va b.) oqibatida Usmonli turk imperiyasi astasekin zaiflashib borgan. Hatto bu paytda vahhobiylarning taʼsiri kuchayib, ular inglizlarning yordamida Fors qoʻltigʻidagi ElXasa (1792), Karbalo (1801), Makka va Madina (1803—06)ni egallab, turklarga qarshi qirgʻin uyushtirgan.

Salim III va Mahmud II hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan saqlab qolish uchun islohotlar oʻtkazilgan. Sulton Abdulmajid yana islohotlar (q. Tanzimat) oʻtkazish (1839) orqali, bir tomondan, sultonlik inqirozini toʻxtatishga, ikkinchi tomondan, yangi turk ziyolilarini (ular oʻzlarini ya n g i u s monlilar deyishgan) shakllantirishga muvaffaq boʻldi. Bu paytda boʻlgan Qrim urushide. Turkiya oʻzining eski raqibi Rossiya imperiyasi ustidan gʻolib chiqdi hamda Qora dengiz va Dunay daryosidagi mavqeini qayta tikladi. Tanzimat va 1876-y. da qabul qilingan dastlabki konstitutsiya sulton Abdulhamid II tomonidan bekor qilingach (1878), mamlakatda istibdod davri boshlangan. Bu davrda sultonlik Yevropa davlatlariga iqtisodiy jihatdan qaram boʻla boshlagan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida «Ittihod va taraqqiy» partiyasi aʼzolari mamlakatda konstitutsion monarxiya oʻrnatish uchun qatʼiy harakat qilishgan (q. Turkiya).

1922-y. 1 noyab. da Turkiya Buyuk Millat Majlisi sultonlikni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mustafo Kamol (Oshaturk) bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qilib, sultonlikning asosan turklar yashaydigan hududi — Kichik Osiyo va qisman Yevropada 1923-y. 29 okt. da Turkiya jumhuriyatiga asos soldi.

Usmoililar davlatining Oʻrta Osiyo xonliklari bilan oʻzaro munosabatlari. Asrlar davomida ikki xalq vakillari, avvalo, ulamolar, olimlar, shoirlar, sanʼatkorlar madrasalarda birgalikda tahsil olishlari, ziyoratlari, savdosotiq munosabatlari va oʻzaro tashriflar jarayonida doʻstona aloqalar oʻrnatganlar. Ikki oʻrtadagi munosabatlarda davlat rahbarlari tomonidan olib borilgan elchilik aloqalari muhim oʻrin tutadi.

Safaviylar davlatiga qarshi birgalikda kurashish uchun sulton Salim I elchi Muhammadbek orqali Shayboniylar hukmdori Koʻchkunchixota oʻzaro maktub joʻnatgan (1514). Xususan, sulton Sulaymon I Qonuniy va Buxoro xoni Ubaydullaxon Eronga qarshi birgalikda kurashish uchun harakat qilishgan. Shayboniylarning Samarqanddagi hukmdori Abdumlatifxonga Sulaymon I katta miqdorda qurolyarogʻ joʻnatgan (1551). Buxoro xoni Subhonqulixon sulton Sulaymon II huzuriga elchilar yuborib (1690) doʻstona munosabatlarni rivojlantirgan. Buxoro amiri Doniyolbiy 1779-y. da Ernazar Masʼud oʻgʻlini dastlab Rossiya imperiyasi soʻngra Usmonlilar sultonligiga elchi qilib tayinlab, oʻzaro aloqani mustahkamlamoqchi boʻlgan. Doniyolbiy 1783—84 y. larda 2marta sulton Abdulhamid I huzuriga Muhammad Sharifni elchi qilib joʻnatgan. Turk sultoni elchisi Mahmud Sayd ogʻa Buxoro amiri Shohmurod huzurida boʻladi. (1786) Sulton Salim III qam 1789-y. da oʻz elchilarini yuborgan. Buxoro amiri Haydar devonbegi Eshmuhammad va Mirzo Muhammad Yusuf qoʻrchiboshini maktub bilan Istanbulga yuborib, sulton Maqmud II dan shariatga doyr kitoblarni soʻratadi (1815). Maxmud II oʻz elchisi Hasan Chalabiydan Buxoroga 32 jildli kitob yuborgan. Xiva xoni Olloqulixon xonlikka karshi Perovskiy ekspeditsiyaыtan soʻng Istanbul va Angliyaga elchilar yuborib, harbiy yordam soʻraydi. Biroq, Xiva xoniga masofa olisligi uchun xarbiy yordam joʻnatilmay, toʻp yasovchi turk ustalari yuboriladi. Qoʻqon xoni Sulton Sayidxon (1865) va Buxoro amiri Muzaffar muftiy Xoja Muhammad Porsoni (1866) elchi qilib Istanbulga joʻnatishgan va sultonlikdan harbiy yordam soʻragan.

Shuningdek, mazkur davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalar keng yoʻlga qoʻyilgan. Asli bursalik Qozizoda Rumiy Mirzo Ulugʻbekniig rasadxonasida mudirlik qilgan, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasida bosh mudarris boʻlgan. Ulugʻbek oʻlimidan soʻng uning shogirdi Ali Qushchi Istanbulda sulton Mehmed II saroyida xizmat qilgan va ayoSofiya madrasasining bosh mudarrisi boʻlgan. Jaloliddin Rumiyning butun ongli faoliyati Koʻniya (Kichik Osiyo) da kechgan. Tasavvufnmng nakshbandiya va yassaviya tarikatlari Usmonli turk imperiyasi hududida ham keng tarqalib, bu yerda Bahouddin Naqshband va Ahmad Yassaviynkng Yunus Emro, Xoja Bektosh Vali, Kiyikli bobo singari izdoshlari yetishib chiqqan. Tilshunos olim, shoir va elchi Sulaymon Buxoriy 19-a. oʻrtalarida Istanbulda yashab, «Lugʻati chigʻatoy va turki usmoniy» (2 jildli) lugʻatini tuzgan.

20-a. boshlarida Turkistondan borgan 100 dan ortiq talabalar (ularning orasida Fitrat, Usmon Xoʻja, Otaulla Xoʻjayev, Bekjon Raxmonov va b. boʻlgan) Istanbulda tahsil olgan. Yosh turklarning gʻoyalari Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar dunyoqarashiga ijobiy taʼsir qilgan. «Ittihod va taraqqiy» partiyasi maorif boʻlimi mudiri doktor Nozim va turkistonlik talabalar tashabbusi b-n Istanbulda «Buxoro taʼlimi maorif jamiyati» (1908) tashkil qilingan. Jamiyat Istanbuldagi Gʻalaba koʻprigi yonidagi yangi Jomeʼ masjidida turkistonlik oʻquvchilar uchun alohida maktab ochgan va ularni tekin oʻqitgan. Jamiyat tomonidan Fitratning koʻplab asarlari ilk marta Istanbulda bosilgan.

Ad.: Aliyev G. Z., Tursiya v period pravleniya mladoturok, M., 1972; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1 kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Raxmaыaliyev R., Imperiya tyurkov, M., 2002; Erol Gungoʻr, Tarihsa turkiy davlatlar, T., 2003; Mirzo Salimbek, Kashkuli Salimiy, Tavorixi mutgaqadimin va mutaaxirin, Buxoro, 2003.


Lotin alifbosida maqola: USMONLI TURK IMPERIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
TURKIYA
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты