TESHIKKOʻPRIKTEPA

TESHIKKOʻPRIKTEPA, Eshak koʻpriktepa — 5—13-a. boshiga oid arxeologik yodgorlik. Toshkent sh. ning «Hamza» metrosi styasi yaqinida (Xalklar doʻstligi shohkoʻchasida) joylashgan. Teshikkoʻpriktepani bir necha marta oʻlkashunos D. D. Bukinich (1930-y. lar), ToshDU arxeologiya kafedrasi (1950-y. lar), arxeologlar K. A. Shaxurin va Yu. F. Buryakov (1962-y. da), Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. I. Filanovich va b., 1968-y.) tekshirgan. Teshikkoʻpriktepa arkli, istehkomsiz manzilgoh. Bal. 6 m ga yetadigan ark xarobalari saqlangan. Dastlab manzilgoh xarobasining mayd. 500×600 m boʻlgan. Ark xom gʻisht va paxsadan qurilgan yaxlit inshootdan iborat boʻlib, alohida xonalarga boʻlingan va kalin tashki devor bilan oʻralgan. Qalʼa markaziy qismidagi binolar 5—8-a. larga mansub. Arablar istilosi davrida (8-a.) binolar buzilgan va yonib, vayronaga aylangan. 9 — 12-a. larda tepa hududi va arkida hayot tiklangan. Aholi temirchilik, metall buyumlar tayyorlash bilan shugʻullangan. Teshikkoʻpriktepa Choch poytaxti Binkatnint atrofida joylashgan savdo hunarmandchilik qishloklaridan biri boʻlgan. 13-a. boshida butunlay xarobaga aylangan.


Lotin alifbosida maqola: TESHIKKOʻPRIKTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
XIVA
TOSHKENT VILOYATI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты