TESHIKTOSH ODAMI

TESHIKTOSH ODAMI — Teshiktosh tridan topilgan neandertallar vakilining suyak qoldigʻi. A. P. Okladnikov oʻrgangan (1938—39). Koʻpgina tadqiqotchilarning fikricha, Teshiktosh odami suyak qoldiqlari 8—9 yoshdagi bolaniki boʻlgan. Bola dafn qilingan joy atrofida togʻ echkisining bir necha juft shoxi yotgan. Marhumni qabrga turli buyumlar bilan koʻmish, dastlabki diniy tasavvurlarning paydo boʻla boshlaganligidan dalolat beradi. Teshiktosh odami kalla suyagining hajmi katta (1490 sm3), uning qopqogʻi pitekantrop yoki sinantropnnknga nisbatan balandroq. Biroq hoz. bolalarnikidan pastrokdir. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida Teshiktosh odamining yuz tuzilishini tiklagan (1949).

1973-y. antropolog V. P. Alekseyev T. o. ni toʻla oʻrganib, skelet qiz bolaga tegishli boʻlib, u inson evolyutsiyasining neandertal fazasiga mansub ekanligi va Yevropa yoki Old Osiyo guruhiga kirishini bildirgan.


Lotin alifbosida maqola: TESHIKTOSH ODAMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALLA SUYAGI
ODAM
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты