USMONOV Hamdam Usmonovich

USMONOV Hamdam Usmonovich (1916.16.10 Toshkent 1994.5.7) kimyogar olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966). Kimyo fanlari d-ri (1954), prof. (1955). Urta Osiyo untini tugatgan (1937). Urush qatnashchisi (1941—45). Un-t fizik kimyo kafedrasi dotsenti (1946—54), lab. mudiri (195473). Oʻzbekiston FA Kimyo inti direktori (1952 — 56), Oʻzbekiston FA Usimlik moddalari kimyosi inti direktori (1956—59), Oʻzbekiston FA Polimerlar kimyosi inti direktori (1959— 62). Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi va kimyo fanlari boʻlimi akad. kotibi (1962—64). Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi i. t. instituta direktori va lab. mudiri (1963—82), bosh maslahatchi (1982-y. dan). Ilmiy ishlari sellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, linti, chiqindilari va ftorpolimerlarni oʻrganishga oid.

Usmonov rahbarligida paxta sellyulozasi olishning jahon standartlari talablariga javob beradigan bir qancha texnologik tizimlari ishlab chiqilgan. Gʻijimlanmaydigan gazmol i. ch. texnologiyasi, tibbiyot polimerlari, ftorli polimerlar va b. amaliyotga joriy qilingan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1977).

As: Elektronnaya mikroskopiya sellyulozы (v soavtorstve), T., 1962; Perspektivы ximicheskoy pererabotki otxodov xlopkovodstva (v soavtorstve), M., 1964; Svetovaya i elektronnaya mikroskopiya strukturnыx prevraщyeniy xlopka (v soavtorstve), T., 1974; Nadmolekulyarnaya struktura gidratsellyuloznыx volokon ( v soavtorstve), T., 1974.

Ad.: Axmerov K,., Oʻzbekiston kimyogarlari, T., 1974; Hamdam Usmonovich Usmonov (biobibliografiya), T., 1976.


Lotin alifbosida maqola: USMONOV Hamdam Usmonovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KIMYO
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты