USMONXOʻJAYEV Inomjon Buzrukovich

USMONXOʻJAYEV Inomjon Buzrukovich (1930.21.5, Bagʻdod tumani) — partiya arbobi. Oʻrta Osiyo politexnika in-tining arxitektura f-tini tugatgan (1955). Margʻilon sh. bosh meʼmori (1959), Fargʻona viloyati partiya komiteti instruktori (1960), Fargʻona viloyati ijroiya qoʻmitasi boshqarma boshligʻi (1961), Fargʻona sh. ijroiya qoʻmitasi raisi (1962—64), Sirdaryo viloyati partiya komiteti kotibi (196569), KPSS MK instruktori (1969—72), Namangan viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi (1972—74), Andijon viloyati partiya komiteti 1kotibi (197478), Oʻzbekiston SSR Oliy Soveta Prezidiumi raisi (1978—83). Oʻzbekiston Kompartiyam MK 1kotibi (1983—88). Usmonxoʻjayev respublikaga raxbarlik qilgan yillarda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, u qatʼiyatsizligi va jurʼatsizligi tufayli Markazning tazyiqiga dosh bera olmay, 1984—88 y. larda Oʻzbekistonning koʻplab xoʻjalik va partiya arboblarini «paxta ishi» va «oʻzbeklar ishi» degan soxta siyosiy ayblovlar natijasida qatagʻon qilinishiga, xalqning milliy gʻururi va qadriyatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyib berdi.

Ad: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbekiston tarixi (19171981-y.), T., 2002; Azizxoʻjayev A., Chin oʻzbek ishi, T., 2003.


Lotin alifbosida maqola: USMONXOʻJAYEV Inomjon Buzrukovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
YAPONIYA
TOSHKENT
NAMANGAN VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты