USPENSKIY Fyodor Mixaylovich

USPENSKIY Fyodor Mixaylovich (1902.8.2, Kostroma gubernyasi, Berisyachka qishlogʻi — 1984.15.5, Toshkent) — entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), q. x. fanlari dri. Leningrad amaliy zoologiya va fitopatologiya in-tini tugatgan (1929). Samarqand oʻlka va Xorazm okrug, Namangan viloyati oʻsimliklarni himoya qilish st-yalari va tayanch punktlarida yoʻriqchi (1929 — 38), SoyuzNIXI oʻsimliklarni himoya qilish st-yasida katta ilmiy xodim (J938—44), lab. mudiri (1945—58), Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish in-tida lab. mudiri (1958—62), direktor oʻrinbosari (1962—69), katta ilmiy xodimmaslahatchi (1970—84). Ilmiy ishlari oddiy turkiston oʻrgimchakkanasi biologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Uspenskiy ishtirokida bu hasharotga qarshi kurash tadbirlari tizimi yaratilgan; ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash va kimyoviy ishlov berish muddatlarini aniklash usullari ishlab chiqilgan.

As: Obыknovennыy pautinnыy kleщ oroshayemыx rayonov Sredney Azii, T., 1960; Pautinnыy kleщ biotsenoza xlopkovыx poley i sistema priyomov integrirovannoy borbы s glavneyshimi vreditelyami xlopchatnika v Uzbekistane, T., 1970.


Lotin alifbosida maqola: USPENSKIY Fyodor Mixaylovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
NAMANGAN VILOYATI
XORAZM VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты