TIBBIYOT-GENETIKA KONSULTATSIYASI

TIBBIYOT-GENETIKA KONSULTATSIYASI — tibbiy yordamning bir turi. Tibbiyot genetikasi va odam genetikasi yutuqlariga asoslangan holda zamonaviy sokliqni saklash ishida profilaktik yoʻnalishda rivojlanmoqda. Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi irsiy kasalliklari bor bemorlarni hisobga oladi, ularning oila aʼzolari va oʻzlari ustidan dispanser kuzatuvi olib boradi, shuningdek, aholiga genetik maslahatlar beradi, yaʼni bemorning otaonasi, qarindoshlariga yoki uning oʻziga oilada mazkur kasallik qaytalanishi mumkinligini tushuntiradi. Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi irsiy kasalligi bir yoki ikkita allel gen mutatsiyasidan kelib chiqqan bemorlarga; irsiy kasalligi xromosomalar soni va tuzilishining oʻzgarishi bilan bogʻlangan bemorlarga (Daun kasalligi va b.); irsiy kasalligi tashki muxitning noqulay omillari taʼsirida paydo boʻlgan bemorlarga; qarindoshlarida irsiy kasallik borligi tufayli oʻzlarida ham shunday kasallik roʻy berishi mumkin deb xavfeiraydigan sogʻlom kishilarga; bir-biri bilan turmush kurgan amakivachcha, togʻavachcha, xolavachcha, ammavachchalarga, birinchi bolasi nuqson bilan tugʻilganligi sababli boshqa bola koʻrishdan qoʻrqadigan otaonalarga maslahat va yordam beradi.

Shunday kilib, irsiy kasalliklarning oldini olishda Tibbiyot-genetika konsultatsiyasining vazifasi otaonalarni kelgusi avlodida shunday kasallik paydo boʻlish xavfi borligidan ogoh qilib qoʻyish, yaqin va uzoq qarindosh bilan, shuningdek, yashirin holatda mutant gen tashuvchi kishilar bilan turmush qurmaslikni tavsiya etishdan iborat.

Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi faoliyati dispanser kuzatuvi prinsipiga asoslangan, faqat tekshirish maqsadida yoki kasalligi xuruj qilganda bemorlar maxsus statsionarga yotqiziladi.

Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi talabalar, klinik ordinatorlar, aspirantlar, shuningdek, malakasini oshirayotgan vrach va oʻqituvchilarga tibbiyot genetikasidan ilm beradigan oʻquv bazasi hamdir.


Lotin alifbosida maqola: TIBBIYOT-GENETIKA KONSULTATSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
SOGʻLIQNI SAQLASH
IBN SINO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты