USTA ALI MAQBARASI

USTA ALI MAQBARASI (1-nomsiz maqbara) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14-a. 80-y. lari); Shohizinda tarkibida. Maqbarada qarshilik Usta Ali Nasafiy nomi saklanganligi uchun uning nomi bilan ataladi. Makbara toʻrtburchak tarhli (8,1x 9,8 m), bir xonali, peshtoqgumbazli, gumbazi 16 qirrali baland asosga oʻrnatilgan. Maqbaraga peshtoqidagi chuqur ravokli eshik orqali kiriladi. Makbara ostida toʻrtburchakli sagʻana joylashgan. Peshtok,, ravoklari, ichki devorlaridagi rang-barang koshinkori oʻsimliksimon, girih naqshlar arab yozuvidagi kitobalar bilan uygʻunlikda hamda mutanosiblikda mahorat bilan bajarilgan. Maqbaraning yon tarzlari silliqlangan gʻishtlar bilan qoplangan boʻlib, oralariga shakldor «pechak»lar ishlangan. Serjilo bezaklarga boyligi uchun «guldor» makbara deb ham ataladi.


Lotin alifbosida maqola: USTA ALI MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
AMIR TEMUR MAQBARASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты