TIBET TOGʻLIGI

TIBET TOGʻLIGI — Markaziy Osiyo, asosan, Xitoyda. Yer sharidagi eng katta va baland togʻlardan. Mayd. 2 mln. km2, bal. 4000—5000 m, baʼzi tizmalarning bal. 6000—7000 m. Himolay, Qoraqurum, Kunlun, SinaTibet togʻlari bilan chegaralangan. Tibet togʻligining shim. va markaziy qismi (mahalliy nomi Changtan) bir oz toʻlqinsimon yoki yassi tekislik boʻlib, kenglik boʻylab choʻzilgan va qiya yon bagʻirli togʻ tizmalaridan iborat. Ayrim choʻqqilarining relyefi alp tipli. Tangla, Kaylas va b. tizmalarida muzliklar bor. Togʻlik chekkalaridagi tizmalarning yon bagʻrilari tik, relyefi kuchli parchalangan, dare vodiylari togʻlarni 2—3 ming m chuqurlikkacha oʻyib tushgan.

Tibet togʻligi Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashgan. Uning turli qismida geologik rivojlanish tarixi har xil. Kaynozoy oʻrtalarigacha Tibet togʻligi, asosan, choʻkkan, koʻp qismida choʻkindi jinslar toʻplangan. Kaynozoy oxirlaridan yoppasiga koʻtarila boshlagan. Kuchli zilzilalar boʻlib turishi, yosh vulkan konuslari va qaynoq buloklarning mavjudligi togʻ hosil boʻlish jarayonining davom etayotganligidan darak beradi. Foydali qazilmalardan oltin, kassiterit, polimetall rudalar, toshkoʻmir konlari topilgan. Oqmas koʻllarda soda va b. minerallarning katta zaxiralari mavjud.

Tibet togʻligi materik ichkarisida joylashganligi va juda baland boʻlganligi sababli iklimi keskin kontinental va sovuq. Changtanda oʻrtacha yillik t-ra 0 — 5°, qish uzoq davom etadi, —32° gacha sovuq boʻladi, yogʻin kam yogʻadi. Yoz esa salqin, iyulda ham baʼzan tuproq qatlami muzlaydi. Tibet togʻligining jan. da iklim nisbatan iliqroq, yanv. oyining trasi 0° dan —20° gacha, iyulniki 5—15°. Togʻlikning jan. va sharkidagi tizmalar okeandan keladigan nam havo massalarini toʻsib turadi, aksari qismida yillik yogʻin 100—200 mm (asosan, krr shaklida), jan. da yozgi musson taʼsirida 500—700 mm yogʻadi. Iqlimining quruqligi natijasida qor chizigʻi 5000—6000 m balandlikdan oʻtadi. Tibet togʻligining musson taʼsiridagi qismidan Xuanxe, Yanszi, Mekong, Saluin, Brahmaputra, Hind kabi yirik daryolar boshlanadi. Daryolari, asosan, qor va muzliklardan, jan. da esa yomgʻirdan suv oladi. Gidroenergiya zaxirasiga boy. Tibet togʻligida koʻl koʻp, ular tektonik botiqlarda joylashgan. Yirik koʻllari: Namso, Selling, Dangrayum. Koʻllari sayoz va suvi shoʻr, noyab. dan may oyigacha muzlaydi. Tibet togʻligining tuproklari baland togʻ dashti va chuliga xos shagʻal aralash tuproq, kam chirindili. Ayrim joylarda tuprok, qatlami va oʻsimliklar umuman yoʻq. Chekka qismida unumdor togʻ oʻtloqdasht va togʻoʻtloq tuproklar tarqalgan. Katta maydonlarni baland togʻ choʻli va chala choʻli qoplagan, siyrak oʻt va butalar usadi. Dare vodiylari butazor va toʻqayzor. Chorvachilikda, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TIBET TOGʻLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
XITOY
OKEAN
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты