USTA SHODI

USTA SHODI Azizov (1878, Gʻijduvon tumani — 1943, Gʻijduvon) — xonanda, sozanda (nay, doyra), raqqos. Oʻzbekiston xalq hofizi (1940). Buxoro — Samarkand musщa uslubi vakili. Bolalikdan milliy raqs, masxarabozlik yoʻllariga qiziqib, xalq toʻysayillarida xizmat qilgan. Tez orada xalq orasida shuhrat qozonib, 1895-y. Buxoro amiri saroyiga chaqirilgan. Shashmaqom yoʻllarini Ota Jaloldan oʻrgangan. 1930-y. larda Gʻijduvon kz—sz teatrida yakkaxon xonanda, pedagog va raqslar ustasi (sahnalashtiruvchisi). Usta Shodi ijrosida Ye. Romanovskaya Shashmaqomning bir necha ashula yoʻllarini yozib olib, notaga tushirgan. Shogirdlari orasida Tojikiston xalq artisti B. Fayzullayev va b. bor.


Lotin alifbosida maqola: USTA SHODI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHASHMAQOM
TOJIKISTON
TOSHKENT
RAQS
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты