USTAV

USTAV (rus.) — muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, korxona, tashkilot va sh. k. ning tuzilishi, vazifasini yoʻnaltirib turadigan asosiy qonunqoidalar majmui (mas, siyosiy partiya, kasaba uyushmasi, temir yoʻl, daryo transporti, bank U. lari va h. k.). Harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qurolli kuchlar U. i bilan tartibga solinadi. Ustav yuridik shaxslarning asosiy taʼsis hujjati hisoblanadi. Yuridik shaxe oʻz Ustavi asosida ish olib boradi. Ustav yuridik shaxe muassislari tomonidan tasdiqlanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Ustavda yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri, pochta manzili, yuridik shaxe faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qoʻyilishi, shuningdek, ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar toʻgʻrisida qonunda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar boʻlishi kerak. Ustavda yuridik shaxe faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab quyilgan boʻlishi lozim. Ayrim hollarda xalqaro shartnomalar ham Ustav deb atalashi mumkin (mas, BMT Ustavi).


Lotin alifbosida maqola: USTAV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
ROSSIYA
FRANSIYA
YURIDIK SHAXS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты