USTAV KAPITALI

USTAV KAPITALI — aksiyadorlik jamiyatining ustavida kayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlangʻich kapital. U. k. aksiyalar sotishdan tushumlar, taʼsischilarning xususiy qoʻyilmalari va davlat qoʻyilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitaliga badallar fakat pul mablagʻlari koʻrinishida emas, balki mulk shaklida, maye., imoratlar, yer, shuningdek, intellektual mulk obyektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham boʻlishi mumkin. Ustav kapitali tuzilgan tashkilot faoliyatining moddiyashyoviy, pul, ilmiytexnika, axborot asosini tashkil etadi. Ustav kapitali balansning passivida qayd etiladi.


Lotin alifbosida maqola: USTAV KAPITALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XUSUSIY MULK
INTELLEKTUAL MULK HUKUQI
BANKLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты