TIVIT

TIVIT — qoʻy, echki, tuya, quyon va moʻynali hayvonlarning ingichka va mayin juni. Aksariyat jun qatlamining teriga yaqin qismida hosil boʻladi. Tivit tolasi ingichkaligi 15—30 mikron. Baʼzi qoʻy (merinos), echki va quyon zotlari juni faqat Tivitdan iborat boʻladi. Tivit hayvonlar junini qirqish (yiliga 1—2-marta), tarash yoki tullash paytida sidirish yoʻli bilan olinadi. Qoʻy Tivit idan eng yaxshi jun mato toʻqiladi, echki Tivit idan, asosan, roʻmol, tuya va quyon Tivit idan esa gilam, trikotaj buyumlar tayyorlanadi (yana q. Jun).


Lotin alifbosida maqola: TIVIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JUN
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
KIYIM
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты