TIGRAY

TIGRAY, tigrinnya — som tillari oilasining efiopsom tarmogiga mansub til; Efiopiya va Eritreya davlatlarida tarqalgan. Eritreyaning rasmiy tili. Unda 6 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. Oʻzaro yaqin akkele guzay, adua, xamasin, tanben, agame lahjalarining qorishmasidan iborat. Fonetik tizimi umumiy som konsonantizmidan ayrim oʻxshash undoshlarning bir undoshga birlashib ketganligi bilan farklanadi. Tigray leksikasi va sintaksisiga kushit tillari hamda geez, amxar tillari kuchli taʼsir koʻrsatgan (maye. kesim koʻpchilik som tillarida gap boshida kelsa, Tigrayda gap oxirida keladi). Tigrayda oʻziga xos adabiyot va matbuot 20-a. ning 40-y. laridan rivojlana boshladi; efiop yozuvidan foydalanadi.


Lotin alifbosida maqola: TIGRAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



EFIOPIYA
XITOY
ERITREYa
FRANSIYA
SOM-HOM TILLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты