TIGRAN II

TIGRAN II — Buyuk — Armaniston podshosi (mil. av. 95—56). Hukmronligining dastlabki davrida Sofena, Atropatena, Midiyaning gʻarbiy qismini saltanatiga qoʻshib olgan. Kavkaz Albaniyasi va Iberiya shoxlari unga tobe boʻlganlar. T. II Pont podshosi Mitridat VI bilan harbiy va siyosiy ittifoq tuzib, qarindoshchilik rishtalarini bogʻlagan, soʻngra salavkiylarning Suriyadagi yerlarini egallab olgan. Oront daryosi boʻyidagi Antioxiya sh. esa, Armaniston poytaxtlaridan biriga aylangan (boshqa poytaxt shaharlar — T. II asos solgan Tigranakert va Artashat). Mil. av. 69 y. T. II qoʻshinlari Tigranakert yaqinida Rim sarkardasi Lukull boshchiligidagi qoʻshin tomonidan tormor keltirilgan. 66 y. T. II Rim vassaliga aylangan.


Lotin alifbosida maqola: TIGRAN II haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ARMANISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты