USTO MOʻMIN

USTO MOʻMIN (taxallusi; asli Nikolayev Aleksandr Vasilyevich) (1897.30.8, Voronej 1957.27.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, grafik rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskvadagi Bichkuri rassomlik studiyasida (1916—18) va erkin ustaxonalarda taʼlim olgan. 1920-y. dan Oʻzbekistonda. Koʻpgina asarlarini levkasga tempera usulida ishlagan. Usto Moʻmin ijodining maʼlum davrida miniatyura sanʼati taʼsirida asarlar yaratgan («Kuyov», «Sallali yigit», «Bedanabozlar» — 20-y. lar). Usto Moʻmin ijodi uchun realistik rasmning aniq va tugallanganligi xos, obrazlarning badiiy ifodasida mayin chiziklar, jonli shakllar muhim ahamiyat kasb etgan: «Bahor» (1924), «Boy» (1932), «Xoʻja Nasriddin bozorda», «Uygʻur raqsi» (1944) va b. Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» (1935), M. Kozimiyning «Koʻrqinchli Tehron» va b. asarlarni badiiy bezagan. «Pravda Vostoka», Usto Moʻmin (A. Nikolayev). «Bahor» (1932).

«Qizil Oʻzbekiston» gaz. lari, «Mushtum» jur. da ishlab, rayem va karikaturalari bilan qatnashgan, plakatlar yaratgan.


Lotin alifbosida maqola: USTO MOʻMIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ABDULLA QODIRIY
FRANSIYA
ERON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты