TIZIMGUL

TIZIMGUL, dorivor tizimgul (Verbena offi cinalis L) — tizimguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi tik usadi, shoxlangan. Boʻyi 30—100 sm. Barglari tuxumsimon, choʻziqnashtarsimon, yirik (4—8 sm), gullari mayda, oq, poya ustida roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Apr. dan sent. gacha gullaydi, mevasi iyundan pisha boshlaydi. T. Oʻzbekistonning choʻl va baland togʻli qismidan tashqari hamma yerida uchraydi. U, ayniqsa, bogʻ, ekin orasi, ariq boʻylari va yoʻl yoqalarida koʻp oʻsadi. Tarkibida verbenalin va adenozin glikozidlari bor. Poya va barglaridan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida turli xil shishlar va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TIZIMGUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
DORIVOR OʻSIMLIKLAR
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты