TIZIMGULDOSHLAR

TIZIMGULDOSHLAR, tizimgullilar (Verbenaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va oʻtlardan iborat 90 turkumi va 2900 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turkumga mansub 4 turi usadi. Poyasi 4 qirrali, barglari qaramaqarshi yoki halqasimon oʻrnashgan; yonbargsiz, gullari zigomorf, toʻpgulli barg qoʻltigʻi yoki poya uchida joylashgan; gultojbarglari bir-biri bilan qoʻshilib, tubi nay, uchi esa ikkita lab hosil qiladi; changchilari 4 ta, urugchisi bitta; tugunchasi ustki, 4 xonali; mevasi 4 ga boʻlinadigan danak. Dorivor, efir moyli, ziravor, qimmatbaho yogʻoch beradigan va oziq-ovqat (sabzavot) sifatida ishlatiladigan turlari bor.


Lotin alifbosida maqola: TIZIMGULDOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
DORIVOR OʻSIMLIKLAR
OKEAN
BARG
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты