USUL ad-DIN

USUL ad-DIN (arab. — din asoslari, islom asoslari) — islom shariati va dindan olingan eʼtiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asosiy hisoblanib, boshqa diniy ilmlar unga ergashadi. Bu istiloqni birinchi boʻlib Abul Hasan alAshʼariy ishlatgan. U oʻz kitobini «AlIbona an usul addiyona» deb nomlagan. Abul Qoxir alBagʻdodiy alAshʼariy (1037-y. v. e.) «Usul addin», alLolkoiy (1026-y. v. e.) «Usul usSunna» kitobini yozgan. Aqoid masalalari dinning asli boʻlgani uchun bu ilmning faqat nomiga emas, oʻziga ham katta eʼtibor berilgan. Musulmonlar uchun Usul ad-din ad. d. ni oʻrganish katta ahamiyatga ega boʻlgan, uni bilmagan odamning ibodati ham durust boʻlmasligi hammaga uqtirilgan. Hoz. paytda, «Usul ad-din ad. d.» istilohi kam qoʻllaniladi, uning oʻrniga «aqoid» soʻzi ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: USUL ad-DIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
IBN SINO
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты