USULI SAVTIYA (arab. — tovush usuli) , tovush usuli — xatsavod oʻrgatish usullaridan. Bu usulda soʻzning eng kichik boʻlagi, yaʼni nutq tovushlarini izchil idrok etish (analitik tovush usuli) va nutq tovushlarini yozuv belgilari (harflar) opkali tiklash asos qilib olinadi. Koʻp tillarda, jumladan, oʻzbek tilida savod oʻrgatish analitiksintetik tovush usuliga, yaʼni analitik va sintetik tovush usullarini uzviy bogʻlab olib borish tamoyiliga asoslanadi.
Analitik tovush usulini dastlab fransuz pedagogi J. Jakoto (19-a. ning 30-y. larida), sintetik tovush usulini nemis pedagogi G. Stefani (19-a. boshlarida) qoʻllagan. Analitiksintetik tovush usulining eng maqbul variantini Rossiyada K. D. Ushinskiy, Gʻarbiy Yevropada F. Disterveg, K. Fogel va b. yaratgan.
Tovush usuli Oʻrta Osiyodagi mahalliy maktablarda, jumladan, oʻzbek maktablarida 19-a. ning oxiri — 20-a. boshlarida paydo boʻlgan. Uning tarqalishida oʻlkadagi rustuzem maktablari va tatar muallimlari ochgan maktablar asosiy manba boʻlgan. Shu maktablar taʼsirida ilgʻor mahalliy ziyolilar, jadidlar maktabxonalardagi taʼlim usuli (usuli hijoya)da savod urgatish qiyinligini anglab, oʻzlari ochgan maktablarida Usuli savtiyada dare bera boshladilar. 1902-y. S. Saidazizov sintetik tovush usulida «Ustodi avval» oʻzbekcha dareligini tuzgan. Bu darelik uzoq yillar yangi usuldagi bir nechta maktablarda asosiy alifbe kitobi sifatida oʻqitilib kelingan. Musulmon ukituvchilarning Toshkentda boʻlib oʻtgan 1qurultoyi (1918-y. avg.) barcha oʻzbek maktablarida tovush usulida dare berish haqida qaror qabul qildi. Davr oʻtishi b-n bu usul ped. va psixologiya maʼlumotlari asosida takomillashib borgan. Yoʻldosh Abdullayev.