UTAMARO Kitagava [1753, Kavagoe — 1806.30.10/19.6, Edo (hoz. Tokio)] yapon rassomi, rangli ksilografiya ustasi. Ukiyoe maktabining yirik vakili. Edoda ijod qilgan. Utamaro asarlari koloritida rang (mas, qogʻozning oq tuyey va b.)dan mahorat bilan foydalangan, yapon ksilografiyasida ilk bor ayollarning koʻkrakkacha boʻlgan portretlarini yaratgan, ayollarning ruhiy holatlarini mayin oquvchan chiziq „ larda yuksak mahorat bn tasvirlagan. Utamaro hunarmandlar hayoti mavzuida asarlar, manzaralar yaratgan, oʻsimlik va hayvonot dunyosini tasvirlagan («Hasharotlar haqida kitob» gravyuralar albomi, 1788 va b.); biroq u bidzinga (goʻzal ayollarni tasvirlash) janrida yaratgan asarlari bilan shuhrat qozongan («Tikayotgan ayollar», 1790-y. lar; geyshalarga bagʻishlangan «Yosivar yashil uylari yilnomasi» gravyuralar albomi, 1804 va b.).