TIKANLI BALIQLAR

TIKANLI BALIQLAR (Gasterosteidae) — tikansimon baliqlar turkumi oilasi. 5 urugʻi, 10 ga yaqin turi bor. Atlantika, Tinch okean va Shim. muz okeani havzalariga mansub dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Tanasining uz. 3 — 20 sm. Orqasida 3 — 16, qorin tomonida bitta tikan boʻladi (nomi shundan). Tikanli baliqlar 3 — 4 yil yashaydi, 1 yilda voyaga yetadi. Bahor va yozda uvildiriq tashlaydi. 60 — 400 tagacha tuxum qoʻyadi. Tikanli baliqlarning nasl toʻgrisida gʻamxoʻrligi murakkab rituaddan iborat: erkagi oʻsimlik parchalaridan uya qurib, uyaga tuxum qoʻyadigan bir necha urgʻochisini haydab kiradi; tuxumlari va tuxumdan chiqqan baliqchalarni qoʻriqlaydi. Tikanli baliqlar mayda qisqichbaqasimonlar, hasharotlarning lichinkalari, boshqa baliqlarning uvildiriq va chavoqlari bilan oziqlanib, baliqchilikka qisman zarar yetkazadi. Xoʻjalik ahamiyati kam, faqat 3 ignali Tikanli baliqlar ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TIKANLI BALIQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
ATLANTIKA OKEANI
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты