TIKUV MASHINASI

TIKUV MASHINASI — kiyimkechak tikish, buyumlarni bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va b. maqsadlarda ishlatiladigan mashina. T. m. ni birinchi marta 1755-y. da ingliz ixtirochisi Ch. F. Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I. M. Zinger T. m. ni takomillashtirdi (1851), shundan soʻng sanoatda keng qoʻllanila boshladi. Tikuv mashinasi choklaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan (koʻklaydigan) va h. k., qoʻlda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va koʻp ignali xillarga boʻlinadi. Ishlash prinsipiga qarab, universal (turli operatsiyalarni bajaradigan) va maxsus (bitta operatsiyani bajaradigan) Tikuv mashinasi boʻladi (mas., tugma kadash mashinasi). Universal Tikuv mashinasining eng koʻp tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uyroʻzgʻorda keng ishlatiladi. Koʻp ignali Tikuv mashinasi lari ichida ikki ignalisi koʻproq qoʻllaniladi. Choklarni payvandlab va yelimlab biriktiruvchi Tikuv mashinasilari ham bor. T. m. dan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uyroʻzgʻorda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TIKUV MASHINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
GERMANIYA
TOSHKENT
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты