UTURGURLAR

UTURGURLAR — ilk oʻrta asr turkiy qabilalaridan biri. Sharqiy Yevropaga koʻchib oʻtgan gunnlarning bir qismi 5-a. ning 2yarmidan utigur yoki uturgur deb atalgan. Bu davrda ular Azov dengizining sharqiy qismida koʻchib yurishgan. Ularning boshligʻi — mashhur Sandilx boʻlgan. Vizantiya U. ni ularga qardosh quturgurlarga qarshi gijgijlagan va natijada ular oʻrtasida kurash uzoq vaqt davom etib oʻzaro qirilib ketishga olib kelgan. 560-y. U. avarlar tomonidan boʻysundirilgan. 570-y. larda ular Turk xoqonligiga qaram boʻlishgan. 630-y. larda Uturgurlar va Azov dengizi boʻyida yashagan boshqa turkiy qabilalarning avlodi Kubratxon boshchiligida Bulgʻor podsholigiga asos solingan.

Ad.: Artamono v M . I., Istoriya Xazar, L., 1962.


Lotin alifbosida maqola: UTURGURLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TURKIYA
FRANSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты