TIL VA ADABIYOT INSTITUTI

TIL VA ADABIYOT INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti (TAI) — oʻzbek tili, adabiyoti va folklorining tarixi, hoz. holati, boshqa xalkdar tillari va adabiyotlari bilan aloqalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa. 1934-y. yanv. da Madaniy qurilish i. t. intining (1931—33) filol. boʻlimlari asosida tashkil topgan. 1937-y. rus shoiri A. S. Pushkin nomi berilgan. 1939-y. da Til, adabiyot va tarix inti tarzida qayta tashkil etilgan. 1940-y. dan SSSR FA Oʻzbekiston filiali, 1943-y. dan Oʻzbekiston FA tarkibidagi int.

Int negizida 1943-y. da Tarix inti, 1967-y. da Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi, 1968-y. da Oʻzbek sovet ensiklopediyam Bosh tahririyati tashkil topdi. 1991-y. da int 2 mustaqil intga — Adabiyot va Tilshunoslik intlariga ajraddi. 1991-y. da Adabiyot intiga Alisher Navoiy nomi berildi. 1998-y. da bu intlar birlashtirilib, hoz. nomidagi int tashkil topdi.

Intga turli yillarda O. Hoshimov (1934—37), IAhmedov (1937), F. Kamolov (1938), S. Husainov (1938—40), M. Yoʻldoshev (1940), V. Zohidov (1941), Amir Najib (1942—44), H. Zarifov (194448), I. Sultonov (194850), Oybek (1950), Yu. Sultonov (195152), V. Reshetov (1953—55), S. Qosimov (1955—58), A. Qayumov (1958—61), H. Qurbonova (1962—64), Q. Xonazarov (196471), Sh. Shoabduraxmonov (1971 74), M. Nurmuhamedov (1974—75), M. Qoʻshjonov (1975—86), B. Nazarov (1986—90), T. Mirzayev (1998-y. dan) rahbarlik qiddilar. Int faoliyati Fitrat, Elbek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Uygʻun, Gʻozi Olim, Olim Sharafiddinov, H. Zarifov, MAfzalov, Izzat Sulton, M. Alaviya, 3. Husainova, Faxri Kamol, Qayum Ramazon, Olim Usmon, Z. Maʼrufov, S. Ibrohimov, F. Abdullayev, Gʻ. Karimov, J. Sharipov, V. M. Jirmunskiy, Ye. E . Bertels, A. N. Kononov, Ye. D. Polivanov, K. K. Yudaxin, A. K. Borovkov, V. V. Reshetov, P. Shamsiyev, Xolid Rasul, H. Sulaymonov, H. Yoqubov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Hojiyev, N. Karimov, B. Nazarov, E. Begmatov, E. Fozilov, P. Qodirov, A. Hayitmetov, A. Abdugʻafurov, C. Faniyeva, M. Qoʻshjonov, U. Toʻychiyev, S Akobirov, N. Mamatov kabi atokli yozuvchi va olimlar faoliyati bilan bogʻliq; int tarkibida 10 boʻlim bor: folklor, mumtoz adabiyot tarixi, 20-a. adabiyoti, hoz. adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi, hoz. oʻzbek tili, oʻzbek tili tarixi va dialektologiyasi, terminologiya, leksikologiya va leksikografiya. Intda 20 dan ortiq fan dri, 40 ga yaqin fan nomzodi bor.

Int olimlari bir necha avlodining ilmiyijodiy faoliyati tufayli Oʻzbekistonda asoslari maʼrifatparvarlik va jadidchilik mafkurasiga borib taqaladigan yangi adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tilshunoslik yuzaga keldi. Oʻzbek tili tarixi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, stilistikasi va terminologiyasi masalalari har tomonlama tadqiq etildi, turli davrlarda oʻnlab leksikologik va terminologik lugatlar yaratildi. Bular orasida «Oʻzbek dialektologiyasi», 2 j. li «Oʻzbek tili grammatikasi», «Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi», 3 j. li «Oʻzbek adabiy tili taraqqiyoti», «XIII—XIV ayerlar turkiy adabiy yodgorliklari tili», 1 va koʻp j. li Uzbekcharuscha va Ruschaoʻzbekcha lugʻatlar, 2 j. li «Oʻzbek tilining izohli lugʻati», 1 va 4 j. li «Navoiy asarlari lugʻati», «Oʻzbek xalq shevalari lugati», «Oʻzbek tilining imlo lugʻati» kabi asarlar bor.

Adabiyot va folklor merosini toʻplash, nashr etish, oʻrganish, hoz. adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalarni tadqiq etish sohalarida ham jiddiy yutuqparga erishildi.

5 va 2 j. li «Oʻzbek adabiyoti tarixi», 2 j. li «Adabiyot nazariyasi», 3 j. li «Bolalar adabiyoti tarixi» 3 j. li «Oʻzbekistonda tarjima tarixi», 7 j. li «Oʻzbek xalk, ijodi boʻyicha tadqiqotlar» turkumi, 3 j. li «Oʻzbek folklori ocherklari» kabi kitoblar nashr etildi. Alisher Navoiy, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Hamza, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon kabi shoir va yozuvchilar asarlarining koʻp jildli akademik nashrlari tayyorlandi. 2 j. li «Oʻzbek maqollari», 37 j. li «Oʻzbek xalq ijodi» namunalari chop etildi.

Istiklol sharofati bilan oʻzbek adabiyoti, folklori va tilini oʻrganish tom maʼnoda yangilandi. Avvalo, oʻzbek adabiyetining shoʻro davrida oʻrganilmagan, chala yoxud notoʻgʻri talqin qilingan qirralarini tadqiq etishga kirishildi. Jumladan, tasavvuf adabiyetining Yassaviy, Boqirgʻoniy, Mashrab, Huvaydo, Soʻfi Olloyor singari yetakchi namoyandalari ijodi har tomonlama tadqiq etildi. Husayn Boyqaro, Ubaydiy, Feruz, Umarxon singari gʻukmdorijodkorlar hayoti va ijodini oʻrganishga kirishildi.

Intda oʻzbek xalqining ming yillik ogʻzaki ijodi namunalarining toʻla va mukammal nashrlarini tayyorlash boʻyicha tadqiqotlarolibborildi. Jumladan, «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000-yilligi munosabati bilan dostonning akademik nashri birinchi marta toʻla holda amalga oshirildi. Intda oʻzbek folklori va adabiyotining eng qad. davrlardan bugungi kungacha boʻlgan taraqqiyotini koʻrsatuvchi 12 jiddli tarixini yaratishga kirishildi.

Mustaqillik yillarida intning xalqaro aloqalari kengaydi. «Alpomish» dostoni Germaniya va Turkiyada nashr qilindi, int olimlari tadqiqotlari Xitoy, Germaniya, Rossiya va Turkiyadagi nufuzli jurnali va toʻplamlarda chop etilmoqda, shuningdek, AQSH, Yaponiya, Koreya, Turkiya mamlakatlari fuqarolari intda ilmiy ish olib bormoqda.

Intda aspirantura va doktarantura taʼlimi yoʻlga qoʻyilgan. Int huzurida doktorlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashtirilgan kengash faoliyat koʻrsatmoqda. Intda 1958-y. dan «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurnali nashr etiladi.

Toʻra Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: TIL VA ADABIYOT INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
ALISHER NAVOIY
TARIX
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты