UFAR

UFAR, ufor — qad. doyra (shuningdek, nogʻora) usullaridan biri. Oʻtmish musiqa risolalarida Ufarning bir kancha turlari keltirilgan. Ularning hozirda keng tarqalgan shakli — bumbak;

2) xalq va mumtoz musiqada shu usul joʻrligida ijro etiladigan cholgʻu va ashula yoʻllari Ufarlar 3/4 va 6/8 takt oʻlchovidagi 2 xil usulda ijro etiladi (bumbakabakbumbak yoki bumbakobumbak); Shashmaqom ashula boʻlimining 1 va 2guruh shoʻbalari turkumi Ufarlar bilan tamomlanadi. Ular 1 guruh shoʻbalarida Ufari Uzzol (Buzruk makrmida), Ufari Ushshoq (Rostda), Ufari Bayet (Navoda), Ufari Chorgoh, Ufari Segoq (Segohda), Ufari Iroq (Irokda) deb nomlanadi. 2guruh shoʻbalarida esa Savt, Moʻgʻulcha yoʻllaridagi shoʻbalar nomi bilan qoʻshib ataladi. Mas, Ufari Moʻgʻulchai Buzruk, Ufari Savti Ushshoq kabi. Shoʻbalardagi Ufarlar u yoki bu shoʻba asosiy qismining Ufar usuliga tushirilgan ritmik variantidir. Ufar larning surnay yoʻllari ham yaratilgan. Ayniqsa, turkumli surnay yoʻllarida kuylarning oxirgi qismi Ufar usulida ijro etiladi. Ufarlar jozibali, yengil kuy va ashulalar boʻlib, yoqimli va ravon yangraydi. Koʻpincha ular joʻrligida turli raqslar ijro etiladi. Ufarlar uzbek, tojik va koʻpgina boshqa Sharq xalklari musiqasida keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: UFAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHASHMAQOM
IROQ
MUSIQA
XALQ IJODI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты