UFFITSI

UFFITSI (Uffi zi, aynan «kanselyariya») — Florensiyadagi davlat kartinalar galereyasi; Italiyadagi eng yirik toʻplamlardan biri. Hukumat kanselyariyasi uchun qurilgan binoga joylashgan (1560—85, meʼmori J. Vazari va B. Buontalenti). Medichilar sulolasi toʻplami zaminida shakllangan Uffitsiga 1575-y. da asos solingan. Uffitsi 13 — 18-a. lar Italiya rangtasvir asarlarining jahondagi eng boy toʻplamiga ega (Duchcho, Jotto, Uchchello, Pyero della Francheska, Bottichelli, Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Titsian, Karavajo va b.), antik sanʼat, fransuz, nemis, niderland, golland va flamand sanʼatining ajoyib namunalari saqlanadi. Yevropa rassomlarining avtoportretlari, ayniqsa, nodirdir.


Lotin alifbosida maqola: UFFITSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
FRANSIYA
UYGʻONISH DAVRI
XITOY
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты