UFQ

UFQ, gorizont (yun. horizo — chegaralayman) — ochiq joyda Yer yuzasining koʻrinadigan chegara qismi yoki Yer yuzasining osmon sferasi bilan kesishadigan qismi. Koʻrinma Ufq va matematik Ufq farqlanadi. Kuzatuvchiga osmon sferasi Yer yuzasi bilan tutashib ketadigandek boʻlib koʻrinuvchi egri chiziqni koʻrinma Ufq deyiladi. Ufqning koʻrinma uzoqligi quyidagicha ifodalanadi: d~ 3,83VA , bu yerda d — masofa, km larda; h — kuzatuvchining Yer yuzasidan (dengizda esa suv sathidan) turgan balandligi, m larda ifodalanadi. Balandlik ortishi bilan Ufqning koʻrinma uzokligi, shuningdek, Ufqning pasayishi ortib boradi. Mas, dengiz qirgʻogʻida turgan odam 5—6 km, 10 m balandlikda esa 12,1 km uzoqdagi buyumlarni koʻrishi mumkin. Kuzatuvchi turgan nuqtada shovun chizigʻi osmon sferasini zenit va nadir nuqtalarida kesadi (q. Osmon sferasi). Shovun chizigʻiga perpendikulyar boʻlgan tekislik bilan osmon sferasining kesishishidan hosil boʻlgan katta doyra matematik yoki haqiqiy Ufq deyiladi. Koʻrinma Ufq, odatda, matematik Ufqdan pastda yotadi. Shunga kura, koʻrinma Ufq haqiqiy Ufqdan kichik boʻladi. Joyning meridiani haqiqiy Ufq bilan ikki nuktada: shim. nuqta N va jan. nuqta S da kesishadi. N va S lar oʻrtasida shim. ga qarab turgan kuzatuvchining oʻng tomoni sharq Ye va chap tomoni gʻarb Jboʻladi. Ufq osmon ekvatori bilan xuddi shu Ye va W nuqtalarda kesishadi. N, S, Ye va I^lar Ufqning asosiy (bosh) nuqtalari boʻlib, unga dunyo tomonlari ham deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: UFQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
OSMON SFERASI
UFQ TEKISLIGI
Yulduz Usmonova - Adolik


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты