UXLATUVCHI DORILAR

UXLATUVCHI DORILAR — uyqu keltiruvchi dorilar; organizmga yuborilganda tabiiy uyquga monand holatni paydo qiladi. Uxlatuvchi dorilarning samarasi markaziy nerv sistemasining turli qismlariga tormozlovchi taʼsir koʻrsatishiga asoslangan. Uxlatuvchi dorilarning kichik dozasi kishini tinchlantiradi.

Uxlatuvchi dorilarga barbiturat kislota hosilalari yoki barbituratlar va kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan moddalar kiradi. Tinchlantiruvchi moddalar ham uyquni normallashtirishga yordam berib, hayajonni kamaytiradi, tajanglik va bezovtalikni yoʻqotib, uyqu keltiradi. Uyquning turli buzilishlarida Uxlatuvchi dorilar qoʻllaniladi.

Uxlatuvchi dorilar uyqu keltirish tezligi hamda uxlatish muddatiga koʻra, uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli dorilarga boʻlinadi. Vrach turlicha uyqu buzilishini davolash uchun dori tanlashda bu xususiyatlarni eʼtiborga olishi lozim.

Koʻpchilik Uxlatuvchi dorilar kuchli taʼsir etuvchi dori moddalari qatoriga kiradi. Ularni faqat vrach ruxsati bilan qabul qilish lozim, aks holda odam bu dorilarga oʻrganib qoladi.


Lotin alifbosida maqola: UXLATUVCHI DORILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
NERV SISTEMASI
TIBBIYOT
KIMYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты