UCH JISM MASALASI

UCH JISM MASALASI (astronomiya da) — butun olam tortishish qonuniga muvofiq oʻzaro tortishuvchi uch jism harakati haqidagi masala. Bunda jismlar moddiy nuqtalar deb olinadi. Bunday deb olish uchun ular sharsimon shaklda, oralikdagi masofa ularning xususiy oʻlchamlariga nisbatan juda katta boʻlishi kerak. Bir qancha osmon jismlari, mas, Kuyosh, sayyoralar va ularning yoʻldoshlari bu shartni yetarli darajada qanoatlantiradi. 1912-y. da fin astronomi K. F. Sundman Uch jism masalasi umumiy yechimini cheksiz qatorlar koʻrinishida chiqardi, biroq bu yechim murakkab boʻlgani sababli amaliy maqsadlarda foydalanilmaydi. Uch jism masalasi faqat maxsus boshlangʻich shartlar qoʻyilgandagina toʻla yechimga ega boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: UCH JISM MASALASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ASTRONOMIYA
FIZIKA
QUYOSH SISTEMASI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты