TILLAXONOV

TILLAXONOV Salimxon (1898, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog, Oʻzbekistonda milliy istiqlol harakati namoyandalaridan biri, «Milliy ittihod» tashkiloti Sirdaryo viloyati rahbarlaridan. 1914—16 y. larda boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi, «Turon» truppasida aktyor. 1916 — 17y. larda Boku pedagogika intida oʻqigan. Toshkent eski shahar maorif boʻlimi mudiri. Maorif inti direktori, «Nashri maorif» uyushmasi muassislaridan biri (1923). S. Oʻrta Osiyo untida ham oʻqigan va oʻqituvchilik qilgan (1924—25). Toshkent okrug moliya kursini tashkil etib, unga rahbarlik kilgan (1925—29). «Moliya fani asoslari» asarini yozgan. 1929-y. noyab. da Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) tomonidan qamoqqa olinib, keyin otib tashlangan. 1989-y. oklangan.

Ad.: Abdurashidxonov M ., Tanlangan asarlar, Tillaxonov, 2003.


Lotin alifbosida maqola: TILLAXONOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
JADIDCHILIK
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты